2025 yilda dunyo bo‘ylab 63,1 million kishi vafot etishi mumkin
"Earthly Data" tomonidan taqdim etilgan taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda dunyo bo‘ylab 63,1 million kishi vafot etishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich 219,4 ming kishiga yetishi mumkin.
2024 yilda dunyoda 62,4 million kishi hayotdan ko‘z yumgan bo‘lib, bu 2023 yilga (61,7 million) nisbatan 1,2 foizga ko‘proqdir.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu o‘sish sur’ati davom etsa, 2025 yilga kelib, global miqyosda o‘limlar soni 63,1 millionga yetishi kutilmoqda.
2025 yilda MDH davlatlari orasida eng ko‘p o‘lim holati Rossiyada kuzatilishi mumkin — 1,9 million kishi. Keyingi o‘rinlarda:
Ukraina – 520,2 ming kishi
Qozog‘iston – 140,6 ming kishi
Belarus – 119,1 ming kishi
Ozarbayjon – 70,1 ming kishi
Turkmaniston – 44,8 ming kishi
Qirg‘iziston – 44,1 ming kishi
Moldova – 42 ming kishi
Armaniston – 27,7 ming kishi
2025 yilda eng ko‘p o‘lim holatlari Osiyo qit’asida kuzatilishi kutilmoqda. — 34,7 million kishi.
Keyingi o‘rinlarda:
Afrika – 11,7 million kishi
Yevropa – 8,5 million kishi
Amerika – 7,9 million kishi
Okeaniya – 317,8 ming kishi
Prognozlarga ko‘ra, 2025 yilda 34,1 million erkak va 29,1 million ayol vafot etishi mumkin. Erkaklar orasida o‘lim darajasi ayollarga nisbatan 17,3 foizga yuqori bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2100 yilga borib dunyo bo‘ylab yillik o‘limlar soni 122,9 million kishiga yetadi. Bu 2024 yil bilan solishtirganda qariyb 97 foizga ko‘pdir.
O‘zDJTU talabasi Anvar Jabborov tayyorladi
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!