Bosh sahifa O'zbekiston Mana buni vunderkind desa bo‘ladi!
O'zbekiston
Jahon

Mana buni vunderkind desa bo‘ladi!

  • 14.02.2025 / 18:12
  • 3863
  • 0
111

 

Odatda men dunyodagi “eng” degan narsalarga va ular haqida o‘qishga qiziqaman. Shu sababli bu safar dunyodagi noyob bolalar haqida yozmoqchiman. Eng hayratlanarlisi, yoshbolani NASA ga ishga taklif qilinganligi haqida eshitganmisiz? 1962 yilda tug‘ilgan Koreyalik Kim Un Yong 4 yoshida 5 tilni mukammal bilgan va eng yuqori IQ darajasi bo‘yicha 210 ball bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. U 7 yoshida NASAda ishlashga taklifnoma olgan. Yer sayyorasining eng aqlli odami hisoblanadi. Vunderkind bola juda yoshligidanoq eng murakkab tenglamalarni yecha olgan. 
Yana bir o‘ta aqlli bolakay Maykl Kevin Kerni 1984 yil Amerikada tug‘ilgan. To‘rt oyligida gapira olgan desam lofni urma deyishingiz aniq. Maykl yarim yoshga to‘lganda, ota-onasi shifokorlarga tashrif buyurishadi. O‘sha yerda u shifokorga qulog‘ida kasallik borligini aytadi va bu haqiqat bo‘lib chiqadi. 10 oyligida bola nafaqat bo‘g‘inlarni o‘qishni, balki ravon va tez o‘rganadi. Olti yoshida Maykl maktabni tugatgan. Kollejdagi o‘qishlar uzoq davom etmagandi. Maykl to‘rt yildan keyin o‘qishni ham tamomlagan. 
Qizlar ham yigitlardan qolishmay kelganligini har bir zamonda guvoh bo‘lishimiz mumkin. Ayelita ismli qizaloq birinchi marta 9 oyligida e’tiborni tortgan. O‘shanda u rasm chizishni boshlagandi. Biroz vaqt o‘tgach, otasi ularni suratga olishga va do‘stiga ko‘rsatishga qaror qiladi. Do‘sti badiiy galereyalardan birining direktori edi. Rasmlar unga juda yoqadi va ko‘rgazmaga olib borishga qaror qiladi. Ammo u suratlarni ikki yoshli qiz tomonidan chizilganini bilgach juda hayratda qoladi. Su’ratlar ko‘rgazmada qatnashadi. Barcha san’at ixlosmandlariga juda yoqadi.  Umuman olganda, Ayelita  Andrening rasmlari katta pulga sotilgan.
Abdurahmon Akbarjonov 
O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti 3-kurs talabasi

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar