Bosh sahifa O'zbekiston O‘lim va sirlar qoplagan qorong‘u hudud
O'zbekiston
Nuqtayi nazar

O‘lim va sirlar qoplagan qorong‘u hudud

  • 30.01.2025 / 17:46
  • 4532
  • 0
111



1909 yili bu uchburchak hududida “Sprey” yaxtasi izsiz ketadi. Uni taniqli dengizchi Joshua Slokam boshqargan. U yer yuzini kemada bir o‘zi aylanib chiqqan va dong qozongandi. Tanish-bilishlarining ko‘rsatmasiga ko‘ra, dongdor uncha-munchaga halokatga uchrashishi mumkin emasdi.
Bermud uchburchagi – Yer sayyorasining sinoatli nuqtalaridan biri. Atlantika okeani, Sargasso dengizida joylashgan bu hudud Florida, Bermud, Puyerto-Riko orollari bilan o‘ralgan uchburchakda joylashgani uchun shunday nom olgan.
Uning sinoati shundaki – bu hududdan uchib yoki suzib o‘tayotgan suv va havo kemalari sirli ravishda halokatga yuz tutadi. Bu halokatlarni turli tabiat hodisalaridan tortib, o‘zga sayyoraliklargacha bog‘lashadi.
Bermud uchburchagida suv va havo kemalarining «sirli ravishda g‘oyib bo‘lishi» haqidagi qarashni ilk bor “Associated Press” muxbiri Edvard Van Vinkl Jons 1950 yilda ilgari suradi va bu hududni «iblis dengizi» deb ataydi.
«Bermud uchburchagi» iborasini esa yozuvchi Vinsent Gaddis 1964 yilda qo‘llaydi – «Agrosi» jurnalida «Halokatli Bermud uchburchagi» sarlavhali maqola chop etib, unda AQSH aviatsiya flotiga tegishli 19-zveno harbiy samolyotlari shu hududda izsiz yo‘qolgani hikoya qilinadi. Shu bilan 60-70 yillarda Bermud uchburchagi atrofida turli asosli-asossiz gaplar ko‘payib ketadi.  Sirli ravishda yo‘qolish bilan birga, kemalarning bir zumda bir hududdan boshqa hududda paydo bo‘lib qolishi, vaqtning anomal tarzda o‘zgarishi kabi holatlar aytiladi.
Bermud uchburchagi bilan bog‘lanadigan shov-shuvli voqealardan biri AQSHning bombardimon harbiy samolyotlaridan iborat 19-zvenoning halokati hisoblanadi. Zveno 1945 yil 5 dekabrda AQSHning harbiy kuchlar bazasidan beshta samolyot Fort-Loderdeyl sari yo‘l oladi, ammo qaytib kelmaydi. Samolyotning qoldiqlari ham topilmaydi. Ba’zi manbalarga ko‘ra, ekipaj yaxshi ob-havoda, okean osuda bo‘lgan vaqtda parvozga shaylangan. Parvoz chog‘ida uchuvchilar harbiy baza bilan radiomuloqotda navigatsiya qurilmalarining ishdan chiqqani va g‘ayritabiiy vizual effektlar kuzatilayotganini aytishadi. Samolyotlar bilan aloqa uzilgach, uni topish maqsadida «Martin Mariner» gidrosamolyoti yo‘lga otlanadi, ammo u ham izsiz yo‘qoladi.
Olimning yozishicha, zvenoni izlash maqsadida yo‘l olgan ikkita «Martin Mariner» gidrosamolyotida yonilg‘i uchqunlari kabinaga o‘tishi natijasida yong‘in kuzatilib, halokatga uchraydi.
2018 yilda Buyuk Britaniyaning Sautgempton universitetidan bir guruh tadqiqotchilar Bermud uchburchagi atrofidagi gap-so‘zlarga ilmiy asos topish uchun izlanishlar olib borishadi.
Tadqiqot xulosasiga ko‘ra, mazkur hududda kemalarning yo‘qolishiga sabab – to‘lqinlardir. Ma’lum bo‘lishicha, bu hududda balandligi 30 metrgacha boradigan, juda tik bo‘lgan to‘lqinlar yuzaga keladi. Bunday to‘lqinlar bir necha nuqtada bir vaqtning o‘zida kuchli bo‘ron harakatga kelishi natijasida paydo bo‘ladi.
Buni amalda isbotlash uchun AQSHning okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi okeanografi Saymon Boksall qiziq tajriba o‘tkazadi – halok bo‘lgan kemalarning kichik prototipini yasaydi, maxsus idishga ularni qo‘yib, Bermud uchburchagida qayd etiladigan suv harakatlari modelini harakatga keltiradi. Natijada kemalar suvning bunday harakatiga qarshi tura olmasligi, to‘lqinlar kemani suv girdobiga tortib ketishi ma’lum bo‘ladi.
AQSHning Qirg‘oq qo‘riqlash xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Bermud hududidagi halokatlarning 82 foizi okeanda harakatlanish bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lmaganlar bilan sodir bo‘lgan.
Umuman olganda, Bermud uchburchagi muayyan bir hudud bilan cheklanib qolmaydi. Dunyoning istalgan nuqtasi ehtimoliy Bermud uchburchagi bo‘lishi mumkin. Bo‘ronlar yuzaga keladigan, to‘lqinlar harakati bo‘lgan, suv ostida xavfli gazlar to‘planadigan joylar, tajribasiz uchuvchilar va kema boshqaruvchilari bor ekan, istalgan nuqtada «g‘ayritabiiy» anomaliyalar kuzatilishi istisno etilmagan. Shunday ekan, o‘zingizni ushbu uchburchakka tushib qolishdan asrang!
Zarina Axmedova tayyorladi.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar