Bosh sahifa O'zbekiston FARZAND TARBIYASI 
O'zbekiston
Jahon
Nuqtayi nazar

FARZAND TARBIYASI 

  • 03.01.2025 / 01:02
  • 5658
  • 0
111

 

Tokioda, dengizdan oqib kelib dengizga quyiluvchi bir daryo bor. Bu daryo shahar markazidan oqib o‘tgani uchun, daryoning ikki qirg‘oqi odamlar sayr qiladigan va bolalar o‘ynaydigan so‘lim go‘sha qilib qo‘yilgan. Men ham o‘sha bolalar maydonchasidagi “skameyka”ga borib o‘tirdim. Shu payt o‘ynab yurgan 2-3 yosh yapon bolacha yuguraman deb yiqildi va yordam kutganday atrofga alanglab yig‘lashga tushdi.
Bunday xollarda biz bolajonligimizdan xatto begona bolaga ham yordamga oshiqamiz. (Balki bu bizning xatoyimizdir)
Nariroqda ikki uch ayol esa bolani ko‘rib pinagini ham buzmadi. Xolubki, ularning biri bolaning onasi edi.
    Men yugurib borib bolakayni turg‘izib qo‘ydim, kiyimidagi changlarini qoqib, ovutdim. Shu payt bolani onasi yonimga kelib, rahmat aytish o‘rniga meni urushib ketdi. Nima deyishimni bilmay lol qoldim. Qayerdan ham, shu ishni qildim , aybsiz aybdor bo‘ldimmi deb o‘ylab, jaxl bilan
– Men nima qildim, yordam qildim xalos... deya oldim
– Sizni bu qilgan ishingiz mening farzandimni kelajagi uchun, tarbiyasi uchun yomon ta’sir qiladi. Hozir bolam yiqilib, kimdir turg‘izib qo‘yishini kutib yig‘lab o‘tiribdi, men yoki boshqa odam turg‘azsa, u shunga o‘rganib qoladi. Kelajakda ham biror qiyinchik boshiga tushsa, qoqilsa, kimnidir yordamini kutib yashaydigan bo‘lib qoladi. O‘zining qo‘lidan hech narsa kelmaydigan bo‘lib qoladi. Siz kelajakda ham meni farzandimni turg‘izib qo‘yaman, qiyinchilikka tushsa yordam beraman desangiz, bo‘yningizga olsangiz, bemalol yordam qilavering. Qila olmaysiz-a?  Muri (imkonsiz) bu narsa. Qattiq gaplarim uchun uzr so‘rayman. Hayr. 
– Farzandingiz buyuk inson bo‘lsin. Ming bor uzr...

???? Anchadan beri o‘ylayman bu voqeani...
Ko‘pchilik yaponlar nima uchun yordam so‘ramasligining sababini endi tushungandekman. Ko‘p yapon yoshlari qiyinchilikda uxlamasdan, ishlab o‘qiyotganlarini ko‘rib hayron qolasiz. Ular qaysidir akasi, tanish-bilishni ishga solib ish bitirmaydilar.

Bahodir Iskandarov

P.S : Xalqimiz juda bolajon, mehribon. Bu tahsinga loyiq, albatta. Lekin, bolalarimiz biroz mustaqil bo‘lishiga qo‘yib bersak, kelajakda o‘z oilasi, kasbini mustaqil boshqara oladigan insonlar bo‘lib yetisharmidi...

Mulohaza uchun...

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar