Bosh sahifa O'zbekiston Jurnalistlar o‘lmaydi, o‘ldiriladi    
O'zbekiston
Jahon
Nuqtayi nazar

Jurnalistlar o‘lmaydi, o‘ldiriladi    

  • 15.12.2024 / 13:22
  • 6576
  • 0
111

                                                                                           2024 yil boshidan buyon 17 davlatda 54 nafar jurnalist xizmat vaqtida halok bo‘ldi. Bu haqda «Chegara bilmas muxbirlar» xalqaro tashkiloti hisobotida aytiladi.

Jurnalistlarning yarmidan ko‘pi (31) jangovar zonalarda halok bo‘ldi, bu 2020 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. O‘tgan yili jurnalistlar uchun eng xavfli hudud 16 jurnalist o‘ldirilgan G‘azo sektori bo‘ldi. «Chegara bilmas muxbirlar» tashkilotiga ko‘ra, ular Isroil armiyasi tomonidan o‘ldirilgan.

Dunyoda 550 nafar jurnalist qamoqda. 2024 yilda hibsga olinganlar soni 7,2 foizga oshgan. Bunga Rossiya (yiliga +8 kishi) va Isroilda (+17) jurnalistlarni qamoqqa olishning yangi holatlari sabab bo‘ldi.

Hibsga olingan jurnalistlarning deyarli yarmi to‘rtta davlatda qamoqda: Xitoy (124 nafar, jumladan, Gonkongda 11 nafar), Myanma (61), Isroil (41) va Belarusda (40). Matbuot xodimlarining umumiy jazosi 250 yillik qamoqqa teng.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, 55 jurnalist garovda, ulardan 38 nafari Suriyada. 34 davlatda 95 nafar jurnalist bedarak yo‘qolgan.

«Jurnalistlar o‘lmaydi, o‘ldiriladi, ular hokimiyat tomonidan qamalgan; ular g‘oyib bo‘lmaydi, o‘g‘irlanadi. Ko‘pincha hukumatlar yoki qurolli guruhlar tomonidan uyushtirilgan bunday holatlar xalqaro huquqni buzadi va aksar hollarda jazosiz qoladi», — dedi tashkilot bosh direktori Tibo Brutten.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar