Bosh sahifa O'zbekiston Jadid matbuotidan
O'zbekiston
Jahon
Nuqtayi nazar

Jadid matbuotidan

  • 20.11.2024 / 12:18
  • 205
  • 0
111

 

Germaniyadan xat

 Berlindan “Ko‘mak” uyushmasining boshliqlari otiga quyidagi xat olindi: “Toshkentdan olingan bir xatda Ovrupoga talabalar yubormoq uchun sizlarning bir uyushma tuzganingizni o‘qidim va terimga sig‘maydirgan darajada suyundim. Bir yildirkim Ovrupoda yashamoqdaman. Ilm maorifda Ovruponing birinchi bo‘lgan Germaniya dorulfununlarida butun dunyodan, hatto tatarlardan o‘nlab, turklardan esa minglab talabalar bo‘lgani holda bizning Turkistondan mendan boshqa talabaning bo‘lmasligi yuragimni parchalamoqda. Boshqalarga hasad sezgisini uyg‘otmoqda edi. Mana sizlarning bu xayrlik muborak tashabbusingiz bir yildan beri kulmagan ko‘nglimni kuldirdi va ruhimga jon berdi. Siz jon o‘rtoqlarimning vazifasi Turkistondan talaba yubormoq bo‘lsa, bu talabalarni yerlashdirmak va bu yerdan sizga lozim bo‘lgan ma’lumotlarni bermak, albatta, menim vazifamdir. Faqat shularni ham esimizdan chiqarmaylikkim, bu kungacha bu maqsadga yetmak uchun juda ko‘p uyushmalar, to‘dalar tuzilgandi. Taassufga qarshi hech biri ham muvaffaq bo‘la olmasdan yo‘q bo‘lib ketdilar. Albatta, buning uchun mazkur uyushmalarning boshliqlari, a’zolari bilan zamon va muhit mas’uldir. Shuning uchun “Ko‘mak” uyushmasiga uning a’zo va boshliqlariga birdan-bir tavsiyam shuldirkim, zamon va muhitni diqqatga olib har turlik yo‘qliklarga va yo‘limizdan chiqqan mone’larga ko‘krak kerib qo‘rqmas bir ko‘z, titramas bir iymon, charchamas bir vujud bilan cholishingiz va uyushmaga tilak (ideal) deb yopishingiz. Shul doirada ish qilinsa, menimcha albatta, maqsadga yetmak mumkin bo‘lur. 

 

Berlin ziroat akademiyasi toshkentlik 

Abduvahhob Murod talabalaridan

 Qizil bayroq. 1922 yil 29 iyul.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar