Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yangi saylangan qo‘mita raislari e’lon qilindi.
Bular:
➖Ravshan Mamutov — Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi;
➖Sharofiddin Nazarov — Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi;
➖Gulrux Agzamova — Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisi;
➖Ilhom Abdullayev — Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi;
➖Jahongir Shirinov — Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi;
➖Bobur Bekmurodov — Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi raisi;
➖Nodir Jumayev — Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi raisi;
➖Ulug‘bek Shermatov — Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi;
➖Xayrullo G‘afforov — Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi raisi;
➖Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rni bo‘sh qoldi. Oldin bu qo‘mitani Oliy Majlis Qonunchilik palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Mavluda Xodjayeva boshqarar edi.
Ravshan Mamutov, Sharofiddin Nazarov, Ilhom Abdullayev, Jahongir Shirinovlar avvalgi chaqiriqda ham Qo‘mita raislari edi.
Ma’lumot uchun, Quyi palatada 12 ta qo‘mita o‘rnida 10 ta yangilangan qo‘mita tashkil qilindi.
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!