Bosh sahifa O'zbekiston Prezident partiyalar takliflariga to‘xtaldi
O'zbekiston
Jahon
Jamiyat
Huquq

Prezident partiyalar takliflariga to‘xtaldi

  • 18.11.2024 / 06:05
  • 290
  • 0
111

Prezident partiyalar saylov kampaniyasi davomida ilgari surgan va xalqimiz qo‘llab-quvvatlagan har bir taklif albatta ko‘rib chiqilishi va amalga oshirilishini ta’kidladi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining xususiy mulk daxlsizligini kuchaytirish, tadbirkorlik muhitini yaxshilash haqidagi takliflari qo‘llab-quvvatlandi.

Prezidentimiz “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining maktablarda muallimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish, farzandlarimizni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, ularga ona tili va chet tillarni o‘rgatish uchun yanada keng sharoitlar yaratishga oid takliflariga qo‘shildi.

O‘zbekiston Xalq-demokratik partiyasining nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sharoitlarni yanada yaxshilash, aholimizning pensiyaga chiqishdagi kafolatli huquqlarini yanada mustahkamlash bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi.

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasining istirohat bog‘lari, sayilgoh, xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlash bo‘yicha pozitsiyasi, dorilar ustidan nazoratni kuchaytirish, narxlar sun’iy oshishini oldini olish, retseptsiz dorilar ro‘yxatini qisqartirish bo‘yicha intilishlarini ma’qulladi.

Ekologik partiyaning davlat organlari va korxonalar hududida yashil bog‘lar tashkil etish, ekologik madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha dastur qabul qilish haqidagi takliflari qo‘llab-quvvatlandi.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar