Bosh sahifa O'zbekiston "Hamkor talaba"ga ikkinchi "noma"
O'zbekiston
Jahon
Nuqtayi nazar

"Hamkor talaba"ga ikkinchi "noma"

  • 13.11.2024 / 19:56
  • 539
  • 0
111

Ba’zan atrofimizdagi odamlarning oddiy aloq qoidalarini bila turib amal qilmasligidan dod solging keladi. Ijtimoiy tarmoqlarda Koreya va Yaponiya metropolitenidagi yo‘lovchilarning madaniyatini ko‘rib, unga “layk” bosamiz-u, lekin o‘zimiz ana shu tartibga amal qilishni istamaymiz. 
Nima uchun bizning metrodagi vagonlardan tushuvchi ham unga chiquvchi ham bir-biriga yo‘l ochmay, bir vaqtning o‘zida hamma qarshisidagi yo‘lovchining “ustiga” yurishga urinadi? Axir biz metroni endigina ko‘rayotganimiz, undan yaqindagina foydalanayotganimiz yo‘q-ku. Biz qachon “hozir eshiklar yopilib qoladi” degan vahimaga berilmay, avval vagondan chiqayotganlarni tushirib, so‘ng o‘zimiz unga chiqishni o‘rganamiz?
Bundan ham battari bir amallab metro vagoniga chiqib olganingdan keyin boshlanadi. Eshik oldidan ichkariroqqa o‘tishni istamaydigan yo‘lovchilar injiqligi hisobiga eshik yonidagilar manziliga qadar yonidagi yo‘lovchi bilan nafasini his qilar darajada yaqin masofada ketishga majbur. Xullas, vagon o‘rtasidagilar go‘yoki eshik yonidagi holatni ko‘rmagandek bamaylixotir telefon titish yoki mizg‘ib olishda davom etishadi.  
Darvoqe, bugun yoshlar o‘rtasida yoshi kattalarga joy berishdek qadriyat ham yo‘qolib borayotgandek. Yoshi kattalar vagonga chiqayotganini payqasa o‘z zo‘r usulni qo‘llashadi: “o‘zingni uxlaganga   sol”...
Ishonavering, kuzatishlarim tajribasidan kelib chiqib aytishim mumkinki uyqudagi qahramonlarimizning birontasi, biron marotaba o‘z bekatidan avvalroq ham yoki kechikibroq ham uyg‘onmaganlar. Barchalari Shveysariya soatlaridek adashmay, aniq o‘z vaqtida ko‘zlarini ochishadi. Juda hunuk va ishonarsiz ijro! 
Yigitlarning qizlarga joy berish darajasidagi mardlik esa otam zamonida qolgan, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu ehtiromni faqatgina xonadonlarida ayollar e’zozlanadigan, opa-singillar qadrlanadigan haqiqiy erkak nomiga munosib o‘g‘lonlardangina kutish va unga guvoh bo‘lish mumkin. 
Bir so‘z bilan aytganda jamiyatda mavjud muammolarni kimdir chetdan  “yasab” bermayapti. O‘zimiz yaratyapmiz. Va, eng yomoni, oddiy muammolar yechimini ham davlat yoki hukumat zimmasiga tashlab qo‘yganmiz. Jamiyat qachon o‘zgaradi: qachonki, biz o‘zgarsak! 
Qachonki, oilada ayol qadrlansa, ona e’zozlansa, har bir bola yoshi ulug‘larga hurmat muhitida tarbiya olsagina, mayda-chuyda muammolar bilan o‘ralashmay, yaponiyalik yoki xitoyliklarga o‘xshab kunda bir ixtiro ustida bosh qotirayotgan bo‘lardik. 
Nilufar Qabildjanova, O‘zJOKU talabasi

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar