Bosh sahifa O'zbekiston Sammit yakuni bo‘yicha
O'zbekiston
Jahon
Nuqtayi nazar
Iqtisodiyot

Sammit yakuni bo‘yicha

  • 12.11.2024 / 03:05
  • 595
  • 0
111

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  Ar-Riyod shahrida tashkil etilgan arab-islom sammitida:

O‘zbekiston Falastin – Isroil muammosini tinchlik va diplomatiya yo‘li bilan hal etishga qaratilgan barcha amaliy tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi;

Harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish, xavfsiz gumanitar yo‘laklarni ta’minlash va eng asosiysi – tinchlik muzokaralarini boshlash masalalari BMTning doimiy e’tibor markazida turishi maqsadga muvofiqdir; 

Falastin 1967-yildagi chegaralar doirasida, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil va ozod davlatini tuzishga to‘la haqlidir;

Ikki davlat yechimi uchun global alyans faoliyatini har tomonlama ma’qullaymiz;

Biz urushda jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni O‘zbekiston shifoxonalarida beg‘araz davolashga tayyormiz;

Muqaddas Al-Aqso masjidi, Quddusdagi boshqa noyob tarixiy-madaniy yodgorliklarning daxlsizligini ta’minlash hamda ularni beshikast saqlab qolish masalalariga katta e’tibor qaratishimiz lozim.

Sammit doirasida  Prezident Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud Oliy Hazratlari, Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud Hazrati Oliylari va Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih janoblari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ikki tomonlama munosabatlarimiz kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar