Bosh sahifa O'zbekiston Sarlavha: "Hamkor talaba"ning ilk hamkori
O'zbekiston
Jahon

Sarlavha: "Hamkor talaba"ning ilk hamkori

  • 09.11.2024 / 09:56
  • 728
  • 0
111

 

U…  
Men uni ilk bor ko‘rganimda go‘zallik, nafosat kuchini his etgan edim. Tim qora sochlar, o‘ziga yarashgan qaddi uni yanada go‘zallashtirib yuborgandek go‘yo. Inson kimnidir sevib qolsa o‘zligidan, odatiy fe’l-atvoridan uzoqlashadi. Bu juda katta va hayratlanarli holatdir. Ha, endi men kechagi men emas. Xatto o‘zimga ham notanish menman, sherlar o‘qib beraman:  
— Oyga boqsam oy yuzida surating 
Qachon mendan holing na, deb so‘rading? 
U hamon jim, hamisha jim. Ammo yoqimli jimlik. Shu yoqimli jimlik ko‘nglimning qulfiga tushadigan yagona kalitdir. Hayolim sahnasidan hali beri tushmasa kerak u. Oshiqlik maqomi muborak bo‘lsin, deyman o‘zimga o‘zim beixtiyor. Oshiqlik sog‘lar safidan chiqmoqdir! Ne ajabki, safdoshlaringni sog‘inish ular safiga qaytishni o‘ylab ham ko‘rmaysan. Men uni sevganimdan, uni sog‘inganimdan, uning yodi bilan yashayotganimdan zarra afsusda emasman. Aksincha, juda-juda baxtiyorman. 
Men uchun eng daxshatli fojia — usizlikdir! Uni qaytib ko‘rolmaslikdir! Unga aytolmagan so‘zlarim bir dunyo. Ayta olamanmi, yo‘qmi, bilmayman. Muhimi uning borligi, uning yashayotgani. Qolgani bir gap bo‘lar:  
—  Senborki, hayotim etadi davom, 
Boringga shukurlar, boringga shukur. 
Bugun yana uni ko‘raman. Yana o‘sha hayajon, o‘sha bezabonlik, o‘sha entikish. Bu davomli bo‘lishi uchun borimnida berishga tayyorman. Unga oshiqligim, usiz g‘aribligim; u bilan shodonligimni qachondir o‘zi ham anglab yetishiga ishonaman: 
—  U mendan bexabar ayni damlarda, 
Uning nigohlari kuydirar jonim. 
Uni ko‘rish azob, qayg‘u, g‘amlarda 
U — mening orzuyim, hamda armonim. 

Madrahimov Nizomiddin
O‘zJOKU talabasi

 

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar