Har gal ushbu hikoyani o‘qiganimda vujudim junjikadi, tomog‘imga nimadir tiqiladi, ko‘zimga yosh inadi: nega biz bu aziz ne’matning qadriga yetmayapmiz?
...Parijda men tasodifan bir dog‘istonlik musavvirni uchratib qoldim. Inqilob yillari u Fransiyaga ketgan va o‘sha yerda bir italiyalik ayolga uylanib qolib ketgan ekan. Men undan so‘radim:
— Nima uchun vatanga qaytishni istamaysiz?
U javob berdi:
— Endi juda kech, yoshlikda u yerdan o‘tli qalb bilan chiqqandim, endi quruq suyakning o‘zini vatanga qanday qaytaraman?
Uyga qaytgach, men o‘sha parijlik vatandoshimning qarindosh-urug‘larini izlay boshladim. Buni qarangki, meni ajablantirib, o‘sha odamning judayam keksayib qolgan onasi haliyam hayot ekan.
— Sizlar avar tilida gaplashdinglarmi? — deb qo‘qisdan so‘radi kampir mendan.
— Yo‘q, biz tarjimon orqali gaplashdik, men rus tilida, u esa fransuz tilida, — javob berdim men.
Onaizor o‘ychan, ancha muddat jim sukut saqladi. U qora ro‘moli bilan yuzini yopdi, ayollar farzandlari o‘lsa shunaqa qiladilar. Yana biroz jim turib, u keskin tarzda dedi:
— Rasul, sen adashibsan, o‘sha odam mening o‘g‘lim emas, u allaqachon o‘lib ketgan. Mening o‘g‘lim o‘zim o‘rgatgan ona tilini, avar tilini unutishi mumkin emas!..
Rasul HAMZATOVning "Mening Dog‘istonim" asaridan
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!