O'zbekiston
Nuqtayi nazar
Iqtisodiyot

Bilarmidingiz?

  • 30.10.2024 / 09:47
  • 1122
  • 0
111

Choyning vatani garchi Xitoy bo‘lsa-da, o‘zbeklar bu ichimlikni xitoyliklardan ko‘p iste’mol qiladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Choyning tarixi gunohi uchun badarg‘a qilingan kanizak bilan bog‘liqligini bilarmidingiz?...

Choyning kelib chiqish tarixi ham qiziq. 3500 yil avval Xitoy hoqoni kanizaklaridan biri kechirilmas gunoh qiladi. Ya’ni, u nikohsiz homilador bo‘ladi. Ayol o‘lim jazosiga hukm etiladi. Ammo atrofdagilar gunohni qilgan ayol, uning bolasi gunohsiz ekanligini ta’kidlab, bir necha kunlik oziq-ovqat bilan kimsasiz tog‘li hududga badarg‘a qilishadi. Ayol tog‘da oziq-ovqatsiz qolganda, holsiz bir buta tagida yiqiladi. U tashnaligini qondirish uchun buta barglarini chaynaydi. Mo‘zija ro‘y berib, uning nafaqat tashnaligi qonadi, balki o‘zini tetik va bardam his etadi. U hayratlanib, daraxt barglaridan anchagina yulib, ortiga qaytadi. Va odamlarga mo‘jizaviy daraxt haqida so‘zlab beradi. Bu butazor choy daraxti edi. Uning ovozasi hoqonga ham yetib boradi. U kanizakni huzuriga chorlaydi. Qarasa, u ancha tetik va yuzlari tiniq edi.
 Choy qadimdan Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Shri-Lanka mamlakatlarida ekilgan va ba’zi kasalliklarga davo sifatida foydalanilgan. Olimlar choyda 120 xil modda borligini aniqlagan. Dastlab choy dorivor o‘simlik sifatida iste’mol qilingan bo‘lsa, keyinchalik kundalik ichimlikka aylangan.
Darvoqe, choy ishlab chiqaruvchilar sovugan choyni ichishni tavsiya etmaydilar. Sovuq choy ichaklarga salbiy ta’sir qilishi tasdiqlangan.
Yaponiyaliklarda hatto: "Kechagi choy ilon zahridan ham yomonroq" degan gap bor.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar