Bosh sahifa O'zbekiston YULDUZLAR QANDAY PAYDO BO‘LGAN?
O'zbekiston
Jahon
Nuqtayi nazar
Iqtisodiyot

YULDUZLAR QANDAY PAYDO BO‘LGAN?

  • 07.10.2024 / 08:02
  • 1383
  • 0
111


Avvalo, yulduzlarning o‘zi nima? Yulduz cho‘g‘
bo‘lib qizigan gazlardan iborat katta shardir.
Yulduzlar tarkibida katta miqdordagi vodorod
bor va u asosiy energiya manbaidir. Yulduzlar
tarkibida, shuningdek, geliy, azot, kislorod,
temir, nikel va rux kabi boshqa kimyoviy elementlar ham bor. Yulduzlarning barcha elementlari gazsimon holatdadir.
Yulduzlar chang va gazlarning koinot bo‘ylab
harakat qilayotgan zich bulutlaridan hosil bo‘ladi. O‘sha bulutning ichidagi behisob gazsimon
zarralar bir yerga to‘plana borishi natijasida
yulduz hosil bo‘ladi. Aylanayotgan zarralar o‘ziga
boshhalarini ham birlashtirib oladi, u asta-sekin kattalashib boradi va tortish kuchi ham o‘sadi. Zarralar katta gaz sharini tashkil qiladi.
Shar kattalashgani sayin zichlashadi va uning
ichidagi bosim ortib boradi. Nihoyat, bosim shunday bir darajaga yetib, gazning temperaturasi
ko‘tariladi va o‘zidan yorug‘lik chiqara boshlaydi. Sharning ichidagi bosim va temperatura juda
yuqori darajaga yetgandan so‘ng termoyadro reaksiyalari yuz bera boshlaydi. Gazlar yulduzlarga
aylanadi. Buning uchun qancha vaqt kerak bo‘ladi? Millionlab yillar kerak bo‘lsa ajab emas.
Agar yulduz hosil bo‘lishi uchun katta miqdordagi modda bir joyga yig‘ilsa, o‘sha yulduz katta, yorqin va issiq bo‘ladi. Agar u issiq yulduz bo‘lsa, uning termoyadro yonilg‘isi 100 000 000 yil yorug‘lik chiqarishiga yetadi.
Agar yulduz oz miqdordagi moddadan hosil bo‘lsa,
u kichik, xira va sovuq bo‘ladi. Uning yonilg‘isi
juda sekinlik bilan yonadi va u milliardlab yillar yorug‘lik taratishi mumkin.
Bizning Quyosh o‘rtacha kattalikdagi yulduzdir. U Yerga nisbatan 1 300 000 marta kattadir.

"BOLALAR UCHUN UNIVЕRSAL ENSIKLOPЕDIYA"dan olindi.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar