Rossiya ichidagi migratsion siyosatni nazorat qiluvchi amaldorga ko‘ra, mamlakatda 739 mingga yaqin noqonuniy migrantlar ham bor. Ularning asosiy qismi ham O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Armaniston va Ozarboyjon fuqarolari.
Rossiya Davlat dumasi 1 oktyabrdan migratsiya siyosatini kuchaytiradigan beshta qonun loyihasini ko‘rib chiqishni boshlaydi. Bu haqda duma spikeri Vyacheslav Volodin o‘zining Telegram-kanali orqali ma’lum qildi.
Hujjatlar bilan quyidagilar taklif etilmoqda:
● Rossiya hududida noqonuniy yurgan migrant jinoyat sodir etsa, uni og‘irlashtiruvchi holat deb hisoblash;
● noqonuniy migratsiyani tashkil qilishni o‘ta og‘ir jinoyat deb e’tirof etish;
● hujjatlarni qalbakilashtirish va xorijliklarni yolg‘ondan ro‘yxatga olish uchun javobgarlikni kuchaytirish choralarini joriy etish;
● migrantlarga noqonuniy xizmatlar taklif etuvchi veb-saytlarni sud ruxsatisiz ham bloklashni tashkil etish;
● «vositachi tashkilotlar»ga migrantlardan imtihon olishni taqiqlash.
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!