Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha kasbiy ta’limni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo» AA .
Bildirilishicha, endilikda texnikumlarda ta’lim sifati va jozibadorligini oshirish maqsadida xalqaro ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi. Dastlab, tajriba tariqasida, 14 ta texnikumda Angliyaning «BTEC» dasturi joriy etiladi. Bitiruvchilarga 70 ta davlatda tan olinadigan diplom beriladi hamda 200 dan ortiq xorijiy universitetlarga kirish imkoni yaratiladi. Natijaga qarab, bu tajriba bosqichma-bosqich boshqa texnikumlarga ham tatbiq etilishi mumkin.
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!