Bosh sahifa O'zbekiston Yangi qaror asosida 1000 ta mahalla o‘zgaradi
O'zbekiston
Jahon

Yangi qaror asosida 1000 ta mahalla o‘zgaradi

  • 24.09.2024 / 04:03
  • 1897
  • 0
111

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 23 sentyabr kuni qabul qilingan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-son qaroriga ko‘ra, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi hamda 2024 – 2025 yillarda aholini kambag‘allikdan chiqarishning yo‘nalishlar va hududlar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, eng og‘ir ahvoldagi 1000 ta mahalla tanlanib, ro‘yxati shakllantiriladi hamda ularning infratuzilmasini yaxshilash dasturi 1 noyabrgacha tasdiqlanadi. Bundan tashqari, 2024 yil 1 dekabrgacha tadbirkorlik faoliyati hamda aholining barcha qatlamlariga yashash va dam olishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2024–2025 yillarda tuman va shaharlarni jadal kompleks rivojlantirish, shu jumladan, ularda kamida bittadan mahallada “yashil mahalla” loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi dasturlari ham ishlab chiqiladi.
Bundan tashqari, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, “Biznesga birinchi qadam” dasturlari hamda mikromoliya tashkilotlari orqali joriy yil yakunigacha 4 trillion so‘m, 2025 yilda 15 trillion so‘m kreditlar ajratilishi ta’minlanadi.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar