Bosh sahifa O'zbekiston Yana 10 mingta yosh talaba bo‘lishi mumkin
O'zbekiston
Jahon

Yana 10 mingta yosh talaba bo‘lishi mumkin

  • 21.09.2024 / 10:19
  • 2003
  • 0
111

 

Davlat komissiyasi bayoni bilan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun 10 mingta qo‘shimcha kvota tasdiqlandi. Bu Davlatimiz rahbarining 2022 yil 31 avgustdagi farmoniga ko‘ra amalga oshirilgan. Kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plab talabalikka tavsiya etilmagan qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar kvotadan foydalana oladi.
Kvotalar bazaviy to‘lov-kontraktga beriladi.
 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul parametri quyidagicha taqsimlangan:
– Toshkent shahridagi OTM va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimida;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi OTM va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimida;
– viloyatlardagi OTM va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimida.
Kvota quyidagi talablarga mos keladigan abituriyentlar hisobidan shakllantirilgan:
- davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tgan;
- doimiy yashash hududi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘lgan (ro‘yxatdan o‘tish davrida);
- Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarini tamomlagan;
- kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan.
Bilimlarni baholash agentligi vakili Jamshidbek Odilovning ta’kidlashicha, qo‘shimcha kvota ta’lim yo‘nalishlari va tumanlar kesimida tasdiqlangan bo‘lib, abituriyentlar tamomlagan ta’lim muassasasi joylashgan hudud asosiy mezon sifatida olingan. 
Qo‘shimcha kvota doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
Shuningdek, mandat.uzbmb.uz sayti orqali qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan kvota doirasida tumanlar va ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar