O‘qig‘uvchi talabalarga ko‘mak berish lozim
Russiyada o‘qig‘uvchi talabalarimizning soni bor
gan sari ko‘payishi aniqdir. Bultur butun Russiyada
turkistonlik talabalar 20 ga yetmagani holda bu yil
gi o‘qish vaqtida (agar borg‘uchi o‘quvchilarga turli to‘
siqlar bo‘lmasa) 200 dan oshishi mumkindir. Bultur
Maskov va Peterburgda o‘qig‘uvchi talabalarimizning
maishat va o‘quv asboblari yetishmaganligi orqasida,
ularning qanday qiyin hollarga tushganlari ko‘pi
mizga ma’lumdir. Russiyada o‘quvchilarimiz o‘z oh-zor
larini erishdirmak uchun bor kuchlari bilan tirishib
ko‘rdilar. Turkistondan ish bilan Maskovga borgan
musulmon mas’ul ishchilarga o‘zlarining kamchilikla
rini eshittirib turdilar. Bularning dard hasrati
har kim tomonidan eshitildi. Lekin, chorasi ko‘rilma
di. Bu yil borgan shogirdlarning ham juda ko‘p nar
sadan yetishsizliklari ovqat-kiyim va o‘quv qurollari
vajhdan juda ko‘p qiyinliklarni tortishlari aniq
dir. Shu narsalarni kim bajaradir? Bu muhim ish o‘z
ishimiz bo‘lganligidan muning chorasiga kirishmak
ham albatta, o‘z vazifamizdir.
Russiyada o‘qig‘uvchi talabalarimiz uchun o‘zimiz
dan to‘plangan nologlardan bir miqdorini chiqarish
kerak. Hamda o‘zimizning milliy boyligimiz bo‘lgan
vaqflarning yillik vardatidan bir qismini ajratib
Russiyada o‘quvchi talabalarimini ovqat, kiyim va o‘quv
qurollari bilan ta’min etishimiz kerak. Bundan bo
shqa hech chora yo‘qdir.
“Ғ.” (G‘ozi Yunus)
“Qizil bayroq”. 1922 yil 6 sentyabr
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!