Bosh sahifa O'zbekiston Uzoq kutilgan tizim
O'zbekiston
Jahon

Uzoq kutilgan tizim

  • 05.09.2024 / 14:19
  • 2551
  • 0
111

Tibbiyotda sug‘urta tizimi joriy etiladi

Prezident huzurida o‘tkazilgan taqdimotda (https://president.uz/uz/lists/view/7525) davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini shu yil 1 oktyabrdan boshlab Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida, 2025 yil 1 yanvardan Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy etish taklif etilmoqda.

Buning uchun 2024 yil yakuniga qadar «Elektron poliklinika» va «Elektron shifoxona» axborot tizimlari joriy qilinadi. 

Bu tizimning ahamiyati shundaki, tibbiyotda natijaga asoslangan moliyalashtirish usullari tatbiq qilinadi. Sug‘urta doirasida tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish va dori vositalarini taqdim etish davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi, aholidan qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi.

Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini boshqa hududlarda 2026 yil yakuniga qadar joriy etish rejalashtirilgan.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar