“O‘ng minglab tadbirkorlarni bankrotlikdan qutqarib qoldik”, –dedi O‘zLiDeP raisi Akmal Xaitov saylovoldi uchrashuvlarida.
Partiya yetakchisining aytishicha, o‘tgan 5 yillikda partiya tadbirkorlar huquqlari himoya qilish uchun harakatlarni amalga oshirgan.
“Ular orasidan eng muhimi, Soliq kodeksining 227-moddasi bilan боғлиқ.”, – deb izoh bergan partiya raisi.
Ma’lumot uchun, ushbu modda markirovkalash va avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalarini soliq organi bilan integratsiya qilish qoidalarini buzishni nazarda tutardi. Bu uchun belgilangan jarima realizatsiya qilingan oxirgi hisobot choragida olingan sof foydaning 100 foiziga teng edi. O‘zLiDeP yetakchisining fikriga ko‘ra, Soliq kodeksining mazkur moddasidagi jarima miqdorining haddan tashqari yuqoriligi tadbirkorlarning e’tirozlariga sabab bo‘lgan. Partiya tashabbusi bilan mazkur modda qayta ko‘rib chiqilgan va jarima miqdori hisobot choragida olingan sof tushumning 100 foizidan 20 foiziga tushirilgan.
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!