Bosh sahifa O'zbekiston EIR atom bomba yaratmoqchi 
O'zbekiston

EIR atom bomba yaratmoqchi 

  • 30.08.2024 / 15:32
  • 2798
  • 0
111

 

Eron xalqaro talablarga zid ravishda, deyarli qurollanish darajasigacha boyitilgan uran zaxiralarini yana bir marta oshirdi. Bu haqda Xalqaro atom energiyasi agentligining maxfiy hisobotiga tayanib, Associated Press xabar berdi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, Eron 60 foizgacha boyitilgan 164,7 kilogramm uranga ega. Bu XAYEAning may oyidagi dastlabki hisobotidan 22,6 kilogramm ko‘pdir. Eronda boyitilgan uranning umumiy zaxirasi 5751,8 kilogrammni tashkil etadi.

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik  bosh direktori Rafayel Grossiga ko‘ra, Eron atom bombasini yaratish uchun yetarli miqdordagi boyitilgan uranga ega bo‘lishidan “oylar emas, balki haftalar ichida” turibdi.

Avvalroq, ommaviy axborot vositalari Eron yadroviy dasturi harbiy yo‘nalishga ega ekani haqida xabar bergandi. Niderlandiya, Shvetsiya, Germaniya va Daniya razvedka xizmatlarining ma’lumotlari Tehronning yadroviy qurol yaratish rejalari borligidan dalolat beradi.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar