Janubiy Koreya Armiyasi matbuot xizmatiga ko‘ra, Shimoliy Koreya Rossiyaga qurol va o‘q-dorilar solingan 13 mingdan ziyod konteyner jo‘natishi kutilmoqda.
Shimoliy Koreya so‘nggi olti oy davomida Rossiyaga qariyb 3 millionga yaqin 152 millimetrli snaryadlar solingan 6700 konteyner jo‘natgan. Bu haqda Janubiy Koreya Mudofaa vaziri Shin Von Sik ma’lum qilgan.
Vazir Shinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Shimoliy Koreyaga qurol evaziga oziq-ovqat yetkazib beradi, bu esa ikkinchisiga asosiy mahsulotlar, shuningdek, qurol ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo va butlovchi qismlar narxlarini barqarorlashtirish imkonini yaratadi. Agar qurol yetkazib berish ko‘paysa, Rossiya Pxenyanga ko‘proq harbiy texnologiyalarni taqdim qilishi mumkin.
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!