28 avgust navbatdagi “Avtomobilsiz kun” ekan. Qayd etilishicha, Transport vazirligi shu kuni shaxsiy avtomobildan voz kechib, jamoat transporti, velosiped kabi atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanaishga chaqirgan.
Qancha ko‘p o‘tkazilsa, shuncha yaxshi, albatta. Ammo o‘tgan safari “Avtomobilsiz kun” ko‘plab mutasaddilar uchun bilib-bilmay, video va fotokameralarga tushadigan kunga aylanib qoldi. Matbuot kotiblari, tanish-notanish blogerlar bilib-bilmay ularni uchratib qolishdi…
Kimdir ishxonasiga 500 metr, kimdir bitta bekat qolganida “tasodifan” tasvirga tushib qoldi…
Mayli, yaxshi gumonda bo‘lib, bu safargi “Avtomobilsiz kun”da chindan ham poytaxt yo‘llarida avtolar kamayganini ko‘raylik deb niyat qilamiz.
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!