Bosh sahifa Jahon “Temir Mayk” qaytdi
Jahon
Sport

“Temir Mayk” qaytdi

  • 26.08.2024 / 06:04
  • 2960
  • 0
111

 

“Temir Mayk” paydo bo‘lganda, doim ehtiyotkor bo‘laman. Qachonki, ichsam yoki jangga tayyorlansam, u qaytib keladi. Men kishanlarni uzib tashlayman.
Afsuski, u bola bilan jang qilishim va uni kaltaklashim kerak. Uni to‘xtatmoqchi edim. Biroq u meni izimdan qolmayapti. Men uni allaqachon ko‘mib yuborgan edim, ammo u yana shu yerda”, — deydi Mayk.
Eslatib o‘tamiz, Mayk Taysonning bloger Jeyk Polga qarshi jangi 15 noyabr kuni AQSHning Arlington shahridagi A&T arenasida bo‘lib o‘tadi.
Dastlab, jang 20 iyulda bo‘lib o‘tishi aytilgandi. Mayk Mayamidan Los-Anjelesga uchayotgan vaqtida tibbiy xizmat xodimlariga murojaat qilgan. Qo‘nishga 30 daqiqa qolganda sportchi oshqozon yarasining ochilib ketishi oqibatida boshi aylangan va o‘zini juda noxush his qilgan.
Dastlab jang qoldirilgani aytilgandi. Biroq tashkilotchilar uni boshqa sanaga ko‘chirishni ma’qul topdi.
Tayson o‘z faoliyatini 2005 yilda yakunlagan. 1987 yildan 1990 yilgacha u og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo‘lgan. Tayson 58 ta jang o‘tkazib, 50 tasida g‘alaba qozongan (44 tasi nokaut bilan) va 6 tasida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. Uning ishtirokidagi yana ikkita jang o‘tkazilmagan deb topilgan.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar