Bosh sahifa O'zbekiston Yigitlar aybsiz...
O'zbekiston
Jahon

Yigitlar aybsiz...

  • 26.08.2024 / 12:06
  • 2970
  • 0
111


OAVlarining xabar qilishicha, o‘zbekistonlik Temur Xusinov va Ramziddin Toshevlar Volgograd viloyatidagi turma xodimlarini garovga olishda qatnashmagan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya OAVlari 23 avgust kuni, Rossiyaning Volgograd viloyatidagi 19-son qamoqxonasida mahbuslar xodimlarni asirga olganligi, ulardan 2 nafari o‘zbek ekanligi haqida ma’lum qilgan edi. Rossiya OAVlari bugun qo‘shimcha ma’lumot berdi. Qamoqxona xodimlarini asirga olgan va yo‘q qilingan mahbuslar ichida dastlab aytilgan 2 nafar o‘zbekistonlik Ramzidin Toshev (1995 y.t.) va Temur Xusinov (1995 y.t.)lar bo‘lmagan. Ular haqida oldindan noto‘g‘ri ma’lumot berilgan. Ular ushbu holatda qatnashmagan va hozirda jazo muddatini o‘tashmoqda. Hujum qilganlarning shaxsi ular yo‘q qilingandan so‘ng ma’lum bo‘lgan. Bular Shobdulkarimxon Karimov va Shohijaxon Sayfiyevlar ekanligi ma’lum qilindi.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar