Abdulla Qodiriy “Mehrobdan chayon” da 17 yoshli Ra’noning savodi haqida shunday yozadi :
« Ra’no Nigor oyimning to‘ng‘uchi, bu yil o‘n yetti yoshni to‘lduradir. Savodni otasidan o‘qub, o‘n to‘rt yoshida ibtidoiy maktab pro‘g‘ramida bo‘lg‘an barcha darslarni bitirgan, masalan: diniy qismdan – “Haftiyak”, “Qur’on”, “Chahor kitob”, “So‘fi Olloyor”, “Maslaki muttaqin”, adabiyotdan – Navoiyning barcha asarlari, devoni Fuzuliy ma’a Layli Majnun; Amiriy, Fazliy va shulardek chig‘atoy-o‘zbek katta shoirlarining asarlari; forsiydan – Xoja Hofiz Sheroziy va Mirzo Bedil, xusni xat, insho va boshqalar. Bu kunlarda bo‘lsa bir tomondan qizlarg‘a saboq berib onasig‘a ko‘maklashsa, ikkinchi tarafdan otasida kofiya (arab nahv va sarfi) hamda Shayxi Sa’diyning “Guliston”idan dars oladir va shuning qatorida o‘zi yaxshi ko‘rgan chig‘atoy-o‘zbek shoirlarining badi’a asarlaridan alohida bir majmu’a tuzib yuriydir.»
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!