Litvadan yordam...
Litva bosh vaziri Ingrida Simonyte Kiyevdagi matbuot anjumada ma’lum qilishicha, Litva Ukrainaga radar stansiyalari va minalardan tozalash uskunalari sotib olish uchun 35 million yevro ajratadi.
“Umid qilamizki, biz kuz oxirigacha Litvada ishlab chiqarilgan 5000 dan ortiq uchuvchisiz samolyotlarni Ukrainaga bera olamiz”, — deya qo‘shimcha qildi bosh vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Litvadan Ukrainaga harbiy yordamning so‘nggi paketi sentyabr oyi boshida yetib keladi va bu paketga 10 ta qisqa masofali havo hujumidan mudofaa tizimi, 30 ta zenit-raketa, qurol va o‘q-dorilar kiradi.
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!