O‘zbekiston Mozori Sharifda qiymati 6 million dollarga teng madrasa quradi. Bu haqda Afg‘onshunos va siyosatshunos Suhrob Bo‘ronov o‘zining telegram sahifasida ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yil 16-iyul kuni Afg‘oniston oliy ta’lim vaziri vazifasini bajaruvchi Shayx ul Hadis Mavlaviy Nida Muhammad Nadem O‘zbekistonning Kobuldagi elchisi Yodgorxo‘ja Shodmanov bilan uchrashib, ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni yaxshilashga doir masalalarni muhokama qilgan.
Va’zir uchrashuv davomida, Balx viloyatida O‘zbekiston hukumati tashabbusi bilan qurilayotgan madrasa uchun minnatdorlik bildirib, hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidlagan.
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!