Bu voqea haligacha to‘liq o‘rganilgani yo‘q. Ammo bir yaxshining bir yomoni, deganlaridek, aynan avgust fitnasi sabab ittifoq respublikalari mustaqillikka erishdilar.
Xususan, O‘zbekiston ham.
1991-yil avgust oyida Sovet Ittifoqida davlat to‘ntarishiga urinish, SSSR parchalanishiga olib kelgan muhim voqealardan biridir. Favqulodda vaziyat bo‘yicha davlat qo‘mitasi (GKCHP) - mamlakat oliy rahbariyatining bir guruh konservativ a’zolari SSSR Prezidenti Mixail Gorbachevni hokimiyatdan chetlatish va uni KGB hodimlari yordamida 19-21-avgust kunlari Forosdagi dachasiga qamab, hokimiyatni o‘zboshimcha qo‘llariga olishga harakat qilishdi. Ularning maqsadi SSSRni saqlab qolish edi.
Fitnaga SSSR birinchi va yagona vitse-prezidenti (1990 yil 27-dekabr-1991-yil 4-sentyabr) Gennadiy Yanayev boshchilik qiladi. Videoda esa siz "Vremya" dasturining 19-avgust kungi maxsus sonini ko‘rishingiz mumkin.
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!