Bosh sahifa Jahon Birgina qaychini deb...
Jahon

Birgina qaychini deb...

  • 21.08.2024 / 10:13
  • 3208
  • 0
111

 O‘tgan dam olish kunlari yaqin atrofdagi do‘kondan qaychi g‘oyib bo‘lgani sababli Yaponiya aeroportida 36 parvoz bekor qilindi, 201 reys kechiktirildi. Bu haqda “News on Japan” nashri ma’lum qilgan.

Shanba kuni ertalab Xokkaydoning yangi Chitose aeroporti ichki terminalida xavfsizlik tekshiruvi taxminan ikki soatga to‘xtatildi. Natijada yuzlab sayohatchilar besaranjom bo‘ldi.

Katta tirbandlik va navbatlar yuzaga keldi, chunki jo‘nash zalida yo‘lovchilar xavfsizlik xizmatidan qayta o‘tishga majbur bo‘ldi. Rasmiylar yo‘qolgan buyumni topishga urinib ko‘rdi, qaychi esa ertasi kuni o‘sha do‘konning o‘zida topildi.

Parvozlar bekor qilinishi va kechikishiga tufayli ko‘pchilik kun chiqar yurtning Bon bayramidan so‘ng uylariga qaytishdi.

– Menimcha, bizda kutishdan boshqa tanlov yo‘q, – dedi mahalliy ommaviy axborot vositalariga sayohatchilardan biri. – Umid qilamanki, endi bu borada biroz ehtiyotkor bo‘lishadi.

Yer, infratuzilma, transport va turizm vazirligi Xokkaydo aeroportlaridan holatni tekshirish va bunday hodisa takrorlanishining oldini olishni so‘radi.

– Tan olamiz, voqea omborda saqlash va boshqarish tizimi qoniqarli emasligi bilan bog‘liq, – dedi aeroport xodimi. – Biz bu o‘g‘irlik yoki terrorizm bilan bog‘liq voqea bo‘lishi mumkinligini tushunamiz va rahbariyatning to‘liq xabardorligini ta’minlash uchun yana ishlaymiz.

Ijtimoiy tarmoqda aeroportning hodisaga munosabati yuqori baholandi. Ko‘pchilik Yaponiyada parvoz xavfsizligi ustuvorligi yana bir bor tasdiqlanganini aytgan.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar