Bosh sahifa O'zbekiston BMBni sudga bermoqchimisiz?
O'zbekiston
Jahon

BMBni sudga bermoqchimisiz?

  • 20.08.2024 / 10:46
  • 3267
  • 0
111


Xo‘sh, test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar qay tartibda shikoyat qilishi mumkin?
 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellyatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 18 avgustdan 27 avgustga qadar (10 kun davomida) berishi mumkin.   
Abituriyent apellyatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim. Apellyatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.   
Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilim va malakalarni baholash agentligiga kelishi kerak. Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2024 yil 22 avgustdan boshlanadi.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar