Bosh sahifa O'zbekiston Yevropa xavf ostida
O'zbekiston
Jahon

Yevropa xavf ostida

  • 19.08.2024 / 10:01
  • 3298
  • 0
111

Bloombergning yozishicha, kanalizatsiyalar  Yevropa daryolari va ko‘llarini ifloslantirib, kasalliklarni tarqatmoqda. Shu bilan birgalikda,  yovvoyi tabiatga ham zarar yetkazmoqda. Nashrning yozishicha, nafaqat Sena va Temza, balki Yevropaning boshqa yirik daryolari ham bu muammoga duch kelgan. Tozalanmagan oqava suv suv o‘tlarining ko‘payishiga yordam beradi. Bu esa  boshqa o‘simliklarni o‘ldiradi, hayvonlarni zarur oziq-ovqatlardan mahrum qiladi va tabiiy filtr vazifasini bajaradigan qobiqlarni chiritadi. Oqava suvda kimyoviy moddalar va mikroplastmassalar bo‘lishi mumkin. 
Aniqlik kiritilishicha, qit’ada suv tozalash tizimlari asta-sekin eskirib bormoqda. Uzoq vaqt davomida bu muhim muammo deb hisoblanmadi, lekin asta-sekin Yevropa mamlakatlariga kanalizatsiya chiqindilari bilan bog‘liq biror narsa qilish kerakligi ayon bo‘lmoqda.
Yevropa daryolarining tartibsiz ekani, yaqinda Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlari paytida sportchilarning Sena bo‘ylab suzishidan dalolat beradi. Keyin musobaqaning ko‘plab ishtirokchilari deyarli darhol kasal bo‘lib qolishdi.

Voqea Yevropa Ittifoqida allaqachon siyosiy darajaga yetdi va  muammoga e’tibor qaratildi. Hanuzgacha  Gent kabi ko‘plab shaharlarda o‘rta asr kanalizatsiyasi va ko‘p asrlik infratuzilma mavjud bo‘lib, ular uzoq vaqtdan beri modernizatsiya qilinmagan.

Kalit so'zlar:

#yevropa

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar