2024 yilgi Olimpiada chempioni, jazoirlik bokschi Iman Halif Parijdagi o‘yinlarning yopilish marosimida o‘z milliy terma jamoasining bayroqdori bo‘lish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi, deb xabar bermoqda Match TV Associated Press agentligiga tayanib.
Dastlab Jazoir XOQ 800 m masofaga yugurishda Olimpiada bronza medali sovrindori Jamal Sejati Halif bilan juftlikda bayroqdor bo‘lishi e’lon qilingan edi. Biroq yopilish marosimi boshlanishidan oldin bokschi Olimpiya oltinini qo‘lga kiritgan gimnastikachi Kaylia Nemursga almashtirildi.
Ma’lumot uchun, Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) Halifni 2023 yilgi Jahon chempionatida gender testidan o‘ta olmagani uchun diskvalifikatsiya qilgan edi.
25 yoshli Halif 66 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Olimpiada musobaqasi finalida xitoylik Yang Liu ustidan g‘alaba qozondi. Finaldagi bu g‘alaba Jazoirning ayollar bokslari tarixidagi Olimpiya o‘yinlaridagi birinchi g‘alabasi bo‘ldi. Iman Halif bilan jangga kirgan italiyalik bokschi Anjela Karine jang boshlangandan 48 soniya o'tib, uni davom ettirishdan bosh tortgan edi.
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!