9-12 avgust kuni Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Ikki davlat rahbarlari bilan uchrashib, mintaqaviy sammitda ishtirok etadi. Xususan, unga turli sohalardagi 50 ta kompaniya vakillaridan iborat katta delegatsiya hamrohlik qilishi aytilmoqda.
Yaponiya kompaniyalarining maqsadi, Markaziy Osiyo firmalari bilan yangi shartnomalar imzolab, hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari: dekarbonizatsiya, raqamli sog‘liqni saqlash xizmatlari va boshqa ilg‘or texnologiyalarni joriy etib, Markaziy Osiyoga faol sarmoya kiritish uchun sug‘urta qoplamasini yo‘lga qo‘yishdir.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 8-10 avgust kunlari Ostonada yig‘ilishadi. U yerda mintaqa prezidentlarining yillik maslahat uchrashuvi va “Markaziy Osiyo+Yaponiya” sammiti bo‘lib o‘tadi.
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!