Bosh sahifa O'zbekiston Saylovda eng ko‘p o‘rinni qaysi partiya egallaydi?
O'zbekiston
Nuqtayi nazar
Jamiyat

Saylovda eng ko‘p o‘rinni qaysi partiya egallaydi?

  • 02.08.2024 / 17:34
  • 3863
  • 0
111

 

Saylovga start berildi. Bugundan boshlab siyosiy partiyalar imzo yig‘ish oldidan yig‘inlar o‘tkaza boshlashdi. Qonunchilikka asosan, har bir partiyaning 40 mingdan imzo yig‘ishi talab etiladi. 
Ayni paytda Aktam Haitov rais bo‘lgan O‘zLiDeP parlamentda 53 nafar deputati bilan eng yirik partiya fraksiyasiga ega bo‘lib turibdi. “Milliy tiklanish” esa Alisher Qodirov yetakchiligida 36  nafar deputati bilan 2 o‘rinda. “Adolat” 24 nafar deputati bilan uchinchi, sobiq kommunistlar davomchisi bo‘lgan partiya, ya’ni Ulug‘bek Inoyatov boshchilik qilayotgan XDP 22 nafar a’zosi bilan 4 o‘rinda. Keyingi o‘rinni 15 nafarlik “armiya”si bilan ekologlar egallagan.

To‘g‘ri, bugun kimdir partiyalarni loqaydlikda, e’tiborsizlikda ayblashi mumkin. Ammo ushbu institut O‘zbekistonda xalqimiz irodasini ifoda etayotgan yagona demokratik institut sanaladi. 
Biz qanday natija sari bormaylik, parlamentdagi ana shu partiyalar vakillari orqali mamlakat huquqiy makoni yaratilyapti. Faqat bir kamchilik bor: OAV ularning ishini to‘la ochib berolmayapti. To‘g‘ri, partiya a’zolari ham o‘zlarini nihoyatda “kamtar” tutishyapti. Ijtimoiy tarmoqda partiyalar deyarli yo‘q. “Milliy tiklanish” raisi Alisher Qodirov va kamroq bo‘lsa-da, O‘zLiDeP yetakchisi Aktam Haitovni aytmasa, partiyalar ovozi eshitilmayapti. Shuning uchun ham ko‘plab ekspertlar iqtisod va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlayotgan O‘zLiDeP va qadriyatlar iborasini, davlat tili mavzusini va mahalliy tadbirkorlarga kengroq imkoniyat va imtiyozlar va’da qilayotgan “Milliy tiklanish” imkoniyati yuqoriligini ta’kidlashyapti. 

Shuningdek, ekspertlar saylovchi tomonidan Ekologik partiyaga ustuvorlik berilishi mumkinligiga e’tibor qaratyaptilar. “Adolat” va XDP esa har galgidek sotsial demokratiya g‘oyasiga ishqibozlar ovozini bo‘lib olishi taxmin qilinyapti. 
Nima bo‘lganda ham, bu galgi saylovlarda nomzodlar uchun oson bo‘lmaydi. Chunki, bugungi saylovchi ham ancha o‘zgardi, o‘sdi, tafakkurini kengaytirdi.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar