OTMga kirish imtihonlarining ilk kunlaridayoq abiturentlar huquq fanidan tushgan savollar o‘ta murakkabligi va maktab darsligiga ko‘ra tuzilmaganidan shikoyat qildilar.
Ushbu e’tirozlarni inobatga olib, Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy bayonot ham berdi.
Bayonotda mutasaddilar har qanday qonun hujjatlaridan savol tuza olishlari va bunda adolatsizlik bo‘lmaganiga urg‘u berishdi.
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev esa ushbu bayonotni yolg‘on va safsatadan iborat, – deya izohlab chiqdi.
Prezidentimiz farmoniga ko‘ra, topshirig‘iga ko‘ra, o‘qishga kirishda maktabda o‘tilmagan mavzulardan test tuzish mumkin emas. Huquq yo‘nalishida esa biroz istisno bor. Xususan, bu yo‘nalishga topshirmoqchi bo‘lganlar huquq darsliklaridan tashqari O‘zbekiston Konstitutsiyasini ham bilishlari kerak bo‘ladi. Biroq imtihonlar boshlanganidan keyingina O‘zBMB o‘z bayonotida tayyorlanuvchilar Lex.uz dagi barcha qonunlardan xabardor bo‘lishi kerakligi ta’kidlagan.
Ma’lumki, Lex.uzda O‘zbekiston Qonunchiligidagi barcha qonun va normativlarning elektron shakli saqlanadi. Biroq O‘zBMB bergan bayonot shuni anglatadiki, abiturent o‘qishga topshirish uchun uchta majburiy fanni hamda bitta xorijiy tilni bilishi va respublikaning barcha qonunlaridan to‘liq xabardor bo‘lishi kerak ekan...
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!