Bosh sahifa O'zbekiston Daryo.uz xato qildimi yoki vazirlik?
O'zbekiston
Nuqtayi nazar

Daryo.uz xato qildimi yoki vazirlik?

  • 16.07.2024 / 17:35
  • 3673
  • 0
111

Daryo.uz xato qildimi yoki vazirlik?

Daryo.uz ingliz tilidagi o‘quvchilari uchun xushxabar tarqatibdi. Unda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovning AQSHning Global infratuzilma va investitsiyalar bo‘yicha maxsus koordinatori v.b.Xelayna Matza bilan uchrashgani va O‘zbekistonga 800 mlrd dollarlik sarmoya kiritish masalasi muhokama qilingani to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Qayd etilishicha, ushbu sarmoyaning 200 mlrd.i AQSH federal budjetidan, 600 mlrd.i esa katta 7lik mamlakatlaridan ekan. 

Avvaliga, bu xabar feyk bo‘lsa kerak deb o‘yladik. Chunki, 800 mlrd dollar miqdoridagi katta mablag‘ning O‘zbekistonga sarmoya sifatida kiritilishi haqiqatdan ancha yiroq. Shuning uchun ham xato ma’lumot ketibdimi degan fikrda axborotni o‘zbekcha nusxasini qidira boshladik. Ammo izlanishlarimiz muvaffaqiyatsiz chiqdi. Ayni paytda ham ushbu xabar  “daryo.uz” saytining ingliz tilidagi xabarlari orasida turibdi. Aniqlanishicha, “daryo.uz” vazirlikning “Linked.in”  sahifasidan iqtibos keltirgan ekan. 

Nima bo‘lganda ham, bu xabarda qandaydir noaniqlik bor, deb hisoblaymiz. Shuning uchun ham vazirlik yoki Daryo.uz tomonidan 800 mlrd AQSH dollari bu faqat O‘zbekiston uchunmi yoki rivojlanayotgan mamlakatlarga ajratilishi ko‘zda tutilayotgan jami mablag‘ miqdorimi degan savolga aniqlik kiritilsa yaxshi bo‘lardi.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar