Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, bugun, 15-iyuldan OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlanadi.
Qayd etilishicha, perevod uchun arizalar 5-avgustga qadar davom etadi va quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi:
transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.
O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:
Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.
O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.
O‘tish ballini to‘plolmaganlar “super-kontrakt” bilan qabul qilinishi mumkin. @mandat_javobbot orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha fanlar majmuasi, baholash mezonlari, o‘tish ballari va super kontrakt miqdorlari bilan tanishsa bo‘ladi.
Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar “perevod”chilar uchun amal qilmaydi.
Avvalroq O‘zbekistonda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirilgan.
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!