Bosh sahifa O'zbekiston Alisher Qodirovning fikri noto‘g‘ri talqin qilinyapti
O'zbekiston
Nuqtayi nazar
Kadrlar
Jamiyat

Alisher Qodirovning fikri noto‘g‘ri talqin qilinyapti

  • 12.07.2024 / 20:13
  • 3716
  • 0
111

????Матн устига босиб авто нусха қилиб олишингиз мумкин.
   
   Alisher Qodirovning fikri noto‘g‘ri tilqin qilinyapti

Uch kundan beri milliy mediamakonning ko‘zga ko‘ringan vakillari “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi yetakchisi Alisher Qodirovning “25 yoshli mahluq” haqidagi mulohazalarini turlicha talqin qilmoqdalar. Bu bejiz emas, albatta. 
Chindan ham А.Қодиров og‘riqli bir holatga e’tibor qaratgan va o‘zi ham fikr-mulohazalarini ichki bir hayajon bilan qog‘ozga tushirgan. Bu uning anchayin keskin izohlaridan ham ko‘rinib turibdi. 
Shundan bo‘lsa kerak, mavzu millionlab yurtdoshlarimizni, shular qatori hatto Qodirovning azaliy tanqidchilarini ham befarq qoldirmagan.
Zotan, murg‘ak bolaga nisbatan bunday maxluqlikni boshqacha yondashuv bilan izohlab bo‘lmasdi. Ammo ko‘pchilik “Alisher Qodirov o‘lim jazosini qaytarish taklifini ilgari surdi” degan xulosani chiqarmoqda. Balki, Qodirovning xayolidan shunday fikr o‘tkandir ham. Ammo yuqoridagi xulosalar ko‘proq deputatning “murg‘ak bolaga vahshiylik qilgan inson yashamasligi kerak” degan fikri noto‘g‘ri talqin qilinayotganini anglatadi.
Bilamizki, Bosh Qomusimizda og‘ir jinoyat sodir etganlar umrbod qamoq jazosiga hukm etilishi belgilangan. Balki, Alisher Qodirov “yashamasligi kerak” iborasi bilan aynan shu moddani nazarda tutgandir. Yoki bundaylardan jamiyatni tozalash kerak deganda aynan ana shu modda xayoliga kelgan bo‘lishi mumkin!
Ko‘pchilik Alisher Qodirov va u yetakchilik qilayotgan partiyaning Konstitutsiyaviy islohotlar tashabbuskorlaridan biri bo‘lganini yaxshi biladi.
Bu esa referendum arafasida Alisher Qodirovning o‘zigina emas, butun boshli partiya ushbu moddani to‘la qo‘llab-quvvatlaganini anglatadi. 
Alisher Qodirovning og‘riqli mulohazalarini hatto Oliy Majlisdagi ayrim hamkasblarimiz ham noto‘g‘ri tushunib, “O‘lim jazosini tiklash kerak deganlarga Konstitutsiya kitobini sovg‘a qilish zarur” degan fikrlarni bildirishibdi. 
Taniqli jurnalist Anora Sodiqova ham “Sud tizimi mustaqil bo‘lmagan yurtda o‘lim jazosini joriy qilish bu xuddi maymunni qo‘liga granata tutqazib qo‘yishdek gap” deb yozibdi.
Ko‘rinib turibdiki, Alisher Qodirovning fikri rasmiy doiralarda ham noto‘g‘ri talqin qilinayotganga o‘xshaydi. 
Nazarimda, har qanday holatda, hatto og‘riqli ehtiroslar toshib ketgan taqdirda ham fikr va mulohaza noto‘g‘ri tarjima qilinmasligi kerak. 
Agar А.Қодиров og‘ir jinoyatlarga nisbatan o‘lim jazosi qayta tiklanishi kerakligini aytmoqchi bo‘lganida, u bu fikrni yaltir-yultur qog‘ozlarga o‘rab o‘tirmay, shartta aytgan bo‘lardi. Har qalay Alisher Qodirovning bunaqa masalalarda qat’iy ekanini izohlashga hojat bo‘lmasa kerak.

Mirodil ABDURAHMONOV,
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi 
raisining mafkuraviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar