Bosh sahifa O'zbekiston Mas’uliyat yanada ortadi
O'zbekiston
Nuqtayi nazar
Iqtisodiyot

Mas’uliyat yanada ortadi

  • 12.07.2024 / 14:29
  • 3657
  • 0
111

Ta’kidlanishicha, davlatimiz rahbari kecha viloyatda yangi korxonalarni boshqarayotgan tadbirkorlar, zamonaviy texnologiyalarda ishlayotgan yoshlarimiz, chiroyli uy-joy massivlariga ko‘chib o‘tgan odamlarni ko‘rib, mamnun bo‘lgan.
Shu bilan birga, muloqot paytida dunyodagi hozirgi o‘ta murakkab sharoitda yangi yo‘l ochish, investitsiya olib kelish o‘z-o‘zidan bo‘lmayotgani qayd etildi.
Ayni paytda Farg‘ona aholisi 4 milliondan oshgan. Bunday o‘sish bilan viloyat aholisi 2030 yilga borib 5 millionga yetadi. Bu – Farg‘ona viloyatini o‘zida yiliga 100 ta yangi bog‘cha, 40 ta maktab, 20 mingta xonadon va 500 mingta qo‘shimcha ish o‘rni yaratish kerak, deganidir.
Bu esa viloyat hokimi, uning 8 ta o‘rinbosari, 19 ta shahar-tuman hokimi oldiga katta vazifalar qo‘yib, ulardan qattiq mas’uliyat talab etishi ko‘rsatib o‘tildi.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar