Bosh sahifa Moliya Andijon viloyati hokimi talabalar uchun stipendiya joriy etdi
Moliya

Andijon viloyati hokimi talabalar uchun stipendiya joriy etdi

  • 18.12.2019 / 10:52
  • 4304
  • 0
111

Jadal rivojlanib borayotgan mamlakatimiz kelajagi ko‘p jihatdan iqtidorli, yuksak salohiyatli yoshlarga, malakali mutaxassislarga bog‘liq. Ana shundan kelib chiqib, viloyat hokimi viloyatdagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlar orasidan o‘zining yuksak iqtidor va qobiliyatini namoyon eta oladigan, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladigan fidoyilarni izlab topish, ularni qo‘llab-quvvatlash, ilm-fan, san’at, sport va boshqa yo‘nalishlarda respublika va xalqaro darajadagi yutuqlar ko‘lamini kengaytirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida stipendiya tanlovi tashkil etdi.

Viloyat hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, oliy o‘quv yurtlari hamkorligida o‘tkaziladigan tanlov g‘olibi oliy o‘quv yurtini tamomlagandan so‘ng o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ham ta’minlanadi. 

– Viloyat hokimining ushbu tashabbusi oliy o‘quv yurtlari talabalari tomonidan xursandchilik bilan kutib olindi, – deydi Andijon mashinasozlik instituti prorektori Akmaljon Ermatov. – Viloyat hokimi stipendiyasi talabalarimizni yanada puxta bilim olishga, yuksak marralarni egallashga, faol va fidoyi bo‘lishga undaydi. Qolaversa, ular o‘rtasida erkin va ijodiy raqobatni shakllanishiga yordam beradi.

Bundan buyon “Viloyat hokimi stipendiyasi” tanlovi g‘olibi bo‘lgan talabalar nafaqat stipendiya sohibi bo‘ladi, balki o‘zlari uchun ish o‘rnini ham ta’minlab oladi.

(Manba: uza.uz)

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar