Bosh sahifa Huquq Andijonda sobiq bank rahbari 173 mln so‘mlik kredit mablag‘larini o‘zlashtirdi
Huquq

Andijonda sobiq bank rahbari 173 mln so‘mlik kredit mablag‘larini o‘zlashtirdi

  • 17.12.2019 / 03:30
  • 487
  • 0
111

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtaobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Xalq banki” Paxtaobod filiali sobiq rahbari N.A. “B.M.L.” va “P.T.” MChJ mansabdor shaxslari va boshqalar bilan til biriktirib, bir necha fuqaroning nomiga imtiyozli kredit rasmiylashtirgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ajratilgan 173,8 million so‘m kredit mablag‘lari yuqoridagi korxonalarga o‘tkazilib, o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilingan.

Mazkur holat yuzasidan AT “Xalq banki” Paxtaobod filiali sobiq rahbari N.A., “B.M.L.” va “P.T.” MChJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar