Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, 14 dekabr kuni viloyat boshqarmasining navbatchilik qismiga “G‘allaorol-Qo‘ytosh 4R” yo‘lining 42-kilometrida qorning ko‘p yog‘ishi oqibatida avtobus va yengil avtomobillar yo‘lda qolib ketganligi to‘g‘risidagi xabar kelib tushgan.
Viloyat FVB qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.
Qayd etilishicha, olib borilgan tezkor harakatlar natijasida “ISUZU” rusumli avtobus, “Cobalt” va “Volga” rusumli yengil avtomobillar salonidagi 18 nafar fuqaro evakuatsiya qilindi.
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!