Bosh sahifa Moliya Ehdi maktablarda 4 ta fan o‘rniga bitta yangi fan o‘tiladi
Moliya

Ehdi maktablarda 4 ta fan o‘rniga bitta yangi fan o‘tiladi

  • 16.12.2019 / 04:04
  • 4267
  • 0
111

Bu haqda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilish choralari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida keltirib o‘tilgan.

Hujjat loyihasiga qo‘ra, “Tarbiya” fani 1-9-sinflarda 2020-2021 o‘quv yilidan, 10-11-sinflarida 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ikki oy muddatda “Tarbiya” fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini va o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi.

Bundan tashqari, 2020-2021 o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-9-sinflari uchun, 2021-2022 o‘quv yili uchun 10-11-sinflariga mo‘ljallangan “Tarbiya” fani darsliklari, multimedia ilovalari va o‘quv-metodik majmualarga buyurtmalar shakllantiriladi.

Ma’lumotga ko‘ra, 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab “Tarbiya” fani joriy etilishi munosabati bilan foydalanish muddati tugamagan darsliklar uchun amalga oshirilgan xarajatlarning qoplanishini inobatga olgan holda, darslik to‘plamlarining ijara to‘lovi miqdorlarini qayta ko‘rib chiqiladi.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar