Qisqa vaqt ichida butun dunyoni qamrab olgan Covid-19 pandemiyasi 2019-yil oxirida ilk bor Xitoyning Uxan shahrida aniqlandi. Kasallik faqatgina millionlab insonlarning hayotiga emas, balki, global iqtisodiyot va ijtimoiy hayotga ham ulkan ta'sir ko'rsatdi. Buning oqibatida deyarli barcha mamlakatlarda global inqirozlar va aholisining ko'p qismini yo'qotish kabi fojialar yuz berdi. Jahon sogliqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros. A.G. pandemiyaning jiddiyligini ta'kidlab: "Covid-19 bizga nafaqat sog'liqni saqlash tizimidagi kamchiliklarni, balki jamiyat va iqtisodiyotimizning qanchalik zaif ekanini ham ko'rsatdi"degan edi.
Dastlab Xitoy Respublikasida qayd etilgan Covid-19 pandemiyasini olimlar faqatgina mahalliy epidemiya deb o'ylashgan edi. Lekin ushbu virus tez tarqalib, butun dunyoni favqulodda choralar ko'rishiga majbur qildi. Jahon sog'qliqni saqlash tashkiloti (JSST) 2020-yil 11-mart kuni ushbu kasallikni rasmiy ravishda pandemiya deb e'lon qildi. Buning natijasi ko'plab o'zgarishlarga olib keldi. Masalan, davlatlar chegaralarni yopdi, odamlar o'z uyida izolyatsiya qilindi va ommaviy tadbirlar bekor qilindi.
Covid-19 pandemiyasi boshlangan paytlarda butun dunyoda kasalxonalar bemorlar bilan to'lib ketdi. O'sha paytlarda samarali davolash usullari yetishmasdi, pandemiyaga qarshi vaksinalar hali ishlab chiqarilmagan edi. Biroq, tibbiyot o'sha davrda juda ham tez sur'atlarda rivojlana boshladi. Ya'ni turli xil Covid-19ga qarshi vaksinalar ishlab chiqildi.
Pandemiya tufayli insonlar masofaviy ishlashga, maktab va universitetlar onlayn ta'lim tizimiga o'tishdi. O'sha paytda Zoom, Microsoft Teams va Google Meet kabi platformalar dunyo bo'ylab eng ko'p foydalanilgan vositalarga aylandi. Bu ham aslida bir texnik taraqqiyot bo'ldi desak adashmaymiz. Hatto bu borada Microsoft rahbari quyidagicha fikr bildirgan edi: "Biz pqndemiya tufayli ikki yilda sodir bo'lishi kerak bo'lgan texnologik taraqqiyotni ikki oy ichida boshdan kechirdik"
Pandemiya tufayli biz ilm-fan va texnologiyani jadallashtirish, sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirish va global hamkorlikning muhim ekanligini anglash kabi tushunchalarga ega bo'ldik. Lekin, keling hozir pandemiya bizga yetkazgan salbiy talafot va oqibatlar haqida gaplashamiz.
Covid-19 pandemiyasi sababli biz ko'p judoliklarga uchradik. O'z yaqinlarimiz, tanishlarimiz va xalqimiz tanigan ko'plab san'atkorlardan judo bo'ldik. Vatanimiz ham bu kasallik ortidan moliyaviy iqtisodiy inqirozga yuz tutdi. Pandemiya tufayli ko'plab joylar karantinga olinib, yurtimiz ko'chalari huvillab qoldi. Pandemiyaga chalinishdan oldin odamlar yengil kasalliklarni oyoqda o'tkazib yuborar edi, lekin bu kasallikga duch kelishganlaridan so'ng, oddiy shamollashlar ham og'ir kecha boshladi.Chegaralar yopilganligi sabab bizga importlar kelmadi va buning oqibatida yurtimizda ayrim mahsulotlarimizning narxi keskin ravishda ko'tarilib ketdi.
BMT bosh kotibi Antonio Guterres pandemiyaning iqtisodga zararini shunday izohlagan: "Bu inqiroz nafaqat sog'liqni saqlash tizimiga balki global iqtisodiyotga ham ulkan zarba berdi. Millionlab odamlar ish joyidan ayrildi, kambag'allik darajasi oshdi." Uning bu gapi pandemiyaning insoniyatga ko'rsatgan katta salbiy ta'sirini tasdiqlaydi.
Fikrimiz oxirida xulosa qiladigan bo'lsak, pandemiya kasalliklarining oldini olish va ularga tayyorgarlik ko'rish global muammo sifatida qabul qilinishi kerakligi hamda Sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqotlarni kuchaytirish va shunga o'xshash inqirozli vaziyatlarda tezkor javob berish kelajakda pandemiya keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlarning oldini oladi.
Qurbonnazarova Fotima
Sergeli tumani 68-maktab o'quvchisi
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!