Bosh sahifa Moliya Xalq taʼlimi vazirligi 5 kunlik oʻqish haftasiga oʻtishga qarshi chiqdi
Moliya

Xalq taʼlimi vazirligi 5 kunlik oʻqish haftasiga oʻtishga qarshi chiqdi

  • 13.12.2019 / 08:49
  • 588
  • 0
111

Xalq taʼlimi vazirligi Turizm qoʻmitasining 5 kunlik oʻqish haftasiga oʻtish fikriga qarshi.

Maʼlumki, Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekistonda ichki turizmni rivojlantirish uchun barcha oʻquv muassasalarida 5 kunlik oʻqish tizimiga oʻtish, hamda qishgi taʼtillarni uzaytirib, yozgi taʼtilni qisqartirish haqida taklif kiritgan edi.

XTV fikriga koʻra, ushbu takliflar chuqur oʻrganilmagan, xarjat va narxlar batafsili tahlil qilinmaganini aytmoqda.

Xususan, barcha ota-onalar 6 kun ishlaganda, maktab oʻquvchilari 5 kun oʻqisa, shanba kunlari ularni yolgʻiz qoldirishga toʻgʻri kelsa, bolalar xavfsizligiga kim javob beradi?

Undan tashqari, bugun maktablarda sinfxonalar yetishmasligi tufayli oʻquvchilar 2 smenada oʻqishga majbur boʻlmoqda, oʻqish kunlari qisqarsa binolar yetishmovchiligi muammosi yanada ogʻirlashadi.

Shuningdek, yozgi taʼtilni qisqartirish gʻoyasi ham koʻplab muammolarni keltirib chiqaradi, deydi XTV. Xususan, jazirama issiqda 30-35 kishi 45 daqiqa bitta sinfxonada oʻtirishini tasavvur qilayapsizmi, yoki Turizm qoʻmitasi oʻz daromadidan barcha sinfxonalarga konditsioner oʻrnatib beradimi?

Yozgi taʼtil qisqarishi taʼmirlash ishlariga ham xalal beradi, axir ularni oʻqish bilan bir vaqtda olib borish mumkin emas, deydi XTV.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar