Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon 1952 yil 5 oktyabrda tug‘ilgan, ma’lumoti bo‘yicha elektrik va iqtisodchi, 2005 yil 25 dekabrdan buyon “taxt”da. Bir nafar ayoli va 9 nafar farzandi bor: 2 o‘g‘il va 7 nafar qiz.
Prezidentning katta o‘g‘li Rustam Imomali 2017 yildan buyon poytaxt Dushanbe shahrining meri hisoblanadi. U bungacha turli yuqori mansablarda ham faoliyat yuritgan.
«Peshvoi millat»ning yana bir qizi Ozoda Rahmon esa 2016 yildan boshlab Prezident administrasiyasi boshqarib kelmoqda.
Tojikiston prezidentning boshqa farzandlari hukumat lavozimlarida ishlamaydi. Ular ayol kishi bo‘lgani uchun, an’anaviy sharqona jamiyatda uy bekasi bo‘lishni afzal ko‘rishgan shekilli.
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 1957 yil 29 iyunda tug‘ilgan, ma’lumoti bo‘yicha tish shifokori, 2007 yil 14 fevraldan buyon “taxt”da. Wikipedia ma’lumotlariga ko‘ra, 2 nafar ayoli va 4 nafar farzandi bor.
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, rasmiy nikohdagi ayoli Ogulgerek xonim Londonda istiqomat qiladi. Shuningdek, Orqadog‘ning ikkinchi norasmiy ayoli Marina ismli rus hamshirasi bo‘lib, prezident u bilan 1980 yillarda klinikada ishlagan vaqtda tanishgan bo‘lishi ehtimoli bor.
Gurbanguli Berdimuhammedov 4 nafar farzandi bor: 1 o‘g‘il va 3 nafar qiz.
Prezidentning yagona o‘g‘li podpolkovnik Serdar Berdimuhammedov hozirda Axalsk viloyati hokimi hisoblanadi. U bunga qadar turli davlat lavozimlarida ishlagan.
Turkmanboshining qizlari haqida ma’lumot mavjud emas.
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 1958 yil 16 noyabrda tug‘ilgan, ma’lumoti bo‘yicha zoomuhandis, 2017 yil 27 noyabrda prezidentlikka saylangan. Oilali, 1 nafar ayoli va 2 nafar farzandi bor: 1 o‘g‘il va 1 qiz.
Qirg‘iziston prezidentining qizi Baxtigul Jeenbekova B.Yelsin nomidagi Qirg‘iziston-Rossiya slavyan universiteti talabasi, o‘g‘li esa hali maktabda ta’lim oladi.
Prezidentning akasi Yusufbek Sharipov Qirg‘izistonning birdaniga 4 davlat Kuvayt, Marokash, Iordaniya va Bahrayndagi elchisi bo‘lib ishlasa, yana bir ukasi Yuqori kengashi deputati hisoblanadi.
Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev 1940 yil 6 iyulda tug‘ilgan. Iqtisod fanlari doktori ilmiy unvoniga ega. 1991 yildan 2019 yilgacha mamlakatni boshqargan.
Qozog‘iston sobiq prezidenti, Millat yetakchisi Nursulton Nazarbayevning uch nafar qizi bor. Katta qizi Darig‘a Nazarbayeva 55 yoshni qarshilagan. Avval, Qozog‘iston parlamentning quyi palatasida deputat, so‘ngra bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangan, ayni damda esa parlamentning yuqori palatasi Spikeri.
Ikkinchi qizi — 51 yoshli Dinara Kulibayevadir. Forbes jurnalining ma’lumotiga ko‘ra, uning boyligi 3,2 milliard dollarga baholanadi. Turmush o‘rtog‘ining ham shuncha boyligi bor. U, shuningdek, Qozog‘iston Fanlar akademiyasining akademigi.
Uchinchi qizi 38 yoshli — Aliya. Aliya tadbirkor va ekologik loyihalar bilan shug‘ullanadi.
Qozog‘istonning amaldagi rahbari Qosim Jo‘mart Tokayev 1953 yil 17 mayda tug‘ilgan, ma’lumoti bo‘yicha diplomat, 2019 yil 20 martdan boshlab Qozog‘iston prezidenti hisoblanadi.
Amaldagi prezident turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan va 1 nafar o‘g‘li bor. O‘g‘li Timur Tokayev siyosiy fanlar nomzodi va yirik biznesmen hisoblanadi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1957 yil, 24 iyulda tug‘ilgan, ma’lumoti bo‘yicha muhandis. 2016 yilda 14 dekabrda prezidentlikka saylangan. Oilali, 2 nafar qizi va bir nafar o‘g‘li bor.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Saida Mirziyoyeva 2019 yil aprel oyidan boshlab Prezident Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori o‘rinbosari hisoblanadi.
Prezidentining kichik qizi - Shahnoza Mirziyoyeva esa, 2017 yil dekabr oyidan buyon Maktabgacha ta’lim vazirligi ishlab kelmoqda.
Shahnoza Mirziyoyevaning turmush o‘rtog‘i – Shavkat Mirziyoyevning kichik kuyovi Otabek Umarov esa O‘zbekiston prezidenti xavfsizlik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, O‘zbekiston triatlon federasiyasi va O‘zbekiston aralash jang san’ati federatsiyasi rahbari sifatida faoliyat olib boradi.
Shavkat Mirziyoyevning yagona o‘g‘li hali maktab o‘quvchisi.
hordiq.uz
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!