Bu shov-o‘uvli xabar Italiyaning Novella 2000 jurnali tomonidan ko‘tarildi. Unda Ronaldu sevgilisi, ispaniyalik model Jorjina Rodriges bilan yashirincha turmush qurgani xabar berilgan.
Gap shundaki, to‘y Marokashda yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tdi va ispaniyalik model futbolchi mulkining bir qismini boshqarish huquqiga ega bo‘ldi. To‘yni Ronalduning do‘sti marokashlik MMA jangchisi Badr Xari tashkillashtirgan.
“Yuventus” super yulduzining muxlislari uning sport hayoti, shu jumladan uning klubdan ketishi yoki faoliyatini yakunlashi haqida har xil mish-mishlardan allaqachon zerikkan. Ochig‘ini aytganda, hujumchining oltinchi “Oltin to‘p” olish imkoniyati unchalik yuqori emas.
Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!