Bosh sahifa Turizm Ikki oy oldin Xonoboddan piyoda yo‘lga chiqqan sayohatchi Qoraqalpog‘istonga yetib keldi
Turizm

Ikki oy oldin Xonoboddan piyoda yo‘lga chiqqan sayohatchi Qoraqalpog‘istonga yetib keldi

  • 08.10.2019 / 03:16
  • 4378
  • 0
111

1 iyul kuni O‘zbekistonning eng sharqiy nuqtasi – Andijon viloyatining Xonobod shahridan Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumaniga piyoda yo‘lga chiqqan Sohib Rajabov 5 oktyabrda Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l shahriga yetib keldi.

Rajabov Telegram`dagi o‘z kanalida yozishicha, sayohatga chiqishidan maqsad – O‘zbekiston aholisiga o‘zlari yashayotgan mamlakat qanchalik xavfsiz va mehmondo‘st ekanini ko‘rsatishdir.

U yo‘lga chiqqan Xonobod shahridan manzil Mo‘ynoqqacha 1700 km.ni tashkil etadi. Uning yo‘lga chiqqaniga 2 oy 7 kun bo‘ldi.

Sohib uzoq vaqt piyoda yurayotgani sabab yo‘lda bir necha marta to‘xtab, shifoxonada davolanishiga to‘g‘ri kelgan.

Sayohatchi safari davomida o‘zi duch kelayotgan voqea-hodisalar haqida «Peshkom po Uzbekistanu» kanalida post qoldirib, foto va videolar ulashib kelyapti.

Jumladan, shu boshida u 3 yildan buyon dunyoni velosipedda sayr qilib yurgan yaponiyalik Nao bilan uchrashgani haqida yozgan.

7 oktabr kuni joylagan suratiga qaraganda, Sohib Rajabovning Urganchga yetishiga chamasi 10 km qoldi.

 

Аndijonning Xonobodidan piyoda yo‘lga chiqqan sayyoh bugun Marg‘ilonga yetib keldi

O‘zbekiston bo‘ylab 80 kun! Sayyoh Аndijonning Xonobodidan yo‘lga chiqdi

 

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar